"Jirona" futbolchisi Saudiyaga yo'l olishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Saudiyaning "Al-Qodisiya" klubi "Jirona"ning ispaniyalik vingeri Iker Almenani sotib oladi, deya xabar beradi taniqli insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, Pro-liga klubi 20 yoshli futbolchining 5 million evroga teng bo'lgan bandini faollashtirgan. Agentlar va futbolchining o'zi allaqachon transferga rozilik berishgan.
2024/25 yilgi mavsumda Iker Almena "Jirona" kattalar jamoasida 2 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
158