"Brentford" futbolchisi Fayzullaevning jamoadoshiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Angliyaning "Brentford" klubi va Nigeriya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenk Oneka faoliyatini Moskvaning TsSKA klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda BBC nashri.
Manbaga ko'ra, "harbiylar" Onekani mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Yarim himoyachi uchun Italiyaning “Lechche” va Ispaniyaning “Valensiya”, “Las-Palmas” va “Valyadolid” klublari ham davogarlik qilmoqda.
26 yoshli Frank Oneka Nigeriya terma jamoasi safida 25 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
156