"Al-Hilol" "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Manchester Siti" bilan himoyachi Joau Kanseluni sotib olish borasida og'zaki kelishuvga erishdi.
Kanselu "Barselona"da ijarada o'tgan mavsumdan so'ng yoz boshida "Manchester Siti"ga qaytdi, ammo Joau yangi mavsumda "shaharliklar" uchun bir daqiqa ham o'ynagani yo'q.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, Kanseluning "Manchester Siti"dagi faoliyati tugashi mumkin, chunki "shaharliklar" "Al-Hilol"ning 25 million evrolik (21,2 million funt) taklifini qabul qilgan.
Endi hammasi Kanseluning o'zi qaroriga bog'liq. Saudiyaliklar 30 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 15 million evro (12,7 million funt) maosh oladigan shartnoma taklif qilishdi.

Bosh sahifaga
163