Rasman! Xames Rodriges Madridga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

JCh-2014 to'purari, "Real"ning sobiq futbolchisi Xames Rodriges La Ligaga qaytdi.
"Rayo Valekano" 33 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Transfermarkt portaliga ko'ra, shartnoma bir yil muddatga tuzilgan.
Xames "San-Paulu"dan ketganidan so'ng Madrid klubiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Xames 2023/24 yilgi mavsumning ko'p qismini mushak jarohati tufayli o'tkazib yubordi, 8 o'yinda 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Kolumbiyalik so'nggi Amerika Kubogi-2024da 6 o'yinda 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bosh sahifaga
159