"Arsenal" transfer oynasi yopilishidan oldin yuqori darajadagi hujumchi sotib olishga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Todofichajes nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati yuqori darajadagi kelishuvga tayyorlanmoqda. Nigeriyalik markaziy hujumchi Viktor Osimxen Angliya Premer-ligasi vitse-chempioni safiga qo'shilishi mumkin.
Futbolchi Italiyaning "Napoli" klubiga tegishli. Osimxenning transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Italiya chempionatining o'tgan mavsumida Viktor 25 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi 15 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
158