"Barselona" o'z himoyachisini sotmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Senegallik himoyachi Mikail Faye "Barselona" jamoasini tark etishga yaqin turibdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali.
Jurnalistning fikricha, afrikalik futbolchi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi. Faye "Renn" bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 12 million evroni tashkil etadi, shuningdek, to'rt million miqdoridagi bonuslar ham o'z ichiga oladi.
Bugun, 23 avgust kuni himoyachi Frantsiyaga jo'nab ketadi. Romanoning ta'kidlashicha, "ko'k-anorranglilar" futbolchini bir yildan keyin 35 million evroga, ikki yildan keyin esa 40 millionga qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan.

Bosh sahifaga
158