"Vulverxempton" hujumchisi A Seriyaga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Angliyalik "Vulverxempton" hujumchisi Fabio Silva Italiyaning "Jenoa" klubiga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi Fabritsio Romano.
Xabar qilinishicha, genuyaliklar 22 yoshli Silvani sotib olish optsiyasi bilan ijaraga berish haqida rasmiy taklif bilan chiqishgan. Ingliz klubidan shu hafta javob kutilmoqda. Silvaning o'zi A Seriyaga o'tishga qiziqmoqda.
O'tgan mavsumda Fabio Silva "Vulverxempton" safida va ijara asosida Shotlandiyaning "Reynjers" klubida jami 31 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
169