"PSJ" 50 million evrolik transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

"Renn" yarim himoyachisi Dezire Due "PSJ"ga o'tdi, deb xabar beradi RMC Sport bilan suhbatda.
Qayd etilishicha, parijliklar 19 yoshli iqtidor uchun bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 50 million evro to'lagan.
Futbolchining shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan. Due dushanba kuni (19 avgust) jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi.
Avvalgi mavsumda frantsiyalik futbolchi Liga 1da 31 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
267