"Tottenxem" 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Vilzon Odober faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi.
London klubi "Byornli"dan 19 yoshli yarim himoyachi transferi bo'yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi.
Frantsiyalik futbolchi "Tottenxem" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi.
Futbolchi faoliyatini "PSJ" akademiyasida boshlagan, shundan so'ng "Trua"ga o'tgan va 2022/23 yilgi mavsumda Liga 1ning 32 ta o'yinida 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Vilzon Odober o'tgan mavsumda "Byornli" safida Premer-liganing 29 o'yinida 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chempionship mavsumining birinchi turida Odober "Luton" bilan o'yinda (4:1) gol urdi.

Bosh sahifaga
264