"Yuventus" bu transferni tezroq yopmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Turinning "Yuventus" klubi "Atalanta"dan yarim himoyachi Tyon Kopmeyners transferini tezroq yakunlamoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" yaqin 2-3 kun ichida shartnomani yopish niyatida. Avvalroq "Yuventus" Kopmeyners uchun 50 million evro + 5 million bonus to'lashi haqida xabar berilgandi.
Kopmeyners UEFA Superkubogi uchun "Real Madrid"ga qarshi bugungi o'yinda "Atalanta" tarkibida o'ynamaydi, chunki futbolchi "keksa sinora"ga o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Kopmeyners Italiya chempionatida 12 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Bosh sahifaga
265