"Napoli" "Chelsi"ga 25 million taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Insayder Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
Neapolliklar Lukaku uchun 21 million funt va 4,2 million funt sterling bonus to'lashga tayyor. "Chelsi" futbolchi uchun 35 million funt talab qilmoqda.
Tomonlar narx bo'yicha kelishib olish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

Bosh sahifaga
136