"Brayton" germaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Maynts" vingeri Brayan Gruda "Brayton"ga o'tishga juda yaqin.
Jamoa rahbariyati va bosh murabbiyi Fabian Gyurtseler futbolchini ishontira oldi.
Klublar o'rtasida transfer summasi taxminan 30 million evro bo'yicha kelishuvga erishilgan. Bitim tez orada yopilishi kerak.
O'tgan mavsumda 20 yoshli germaniyalik futbolchi 29 uchrashuvda 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
146