"Atalanta" Ispaniya olimpiya terma jamoasi futbolchisini o'z safiga qo'sha olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Mark Pubil "Atalanta"ga o'tmaydi.
Italiya klubi Ispaniya olimpiya terma jamoasi himoyachisi transferini yakunlay olmaganini ma'lum qildi. Avvalroq “Atalanta” va “Almeriya” bonuslar va Pubilni qayta sotishdan 15 foizni hisobga olgan holda 20 million evroga transferga kelishib olgani xabar qilingandi.
Sky Sport nashri xabariga ko'ra, "Atalanta" Pubilga muqobil sifatida "Nottingem Forest"dan Neko Uilyams va "Flamengo"dan Ueslining variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Bosh sahifaga
138