"Yuventus" Ten Kopmeyners uchun yangi taklif bilan chiqdi.
Turin klubi “Atalanta”ga niderolandiyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 55 million evro taklif qildi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Agar kelishuv amalga oshsa, bu A Seriya tarixidagi eng qimmat yarim himoyachi transferi bo'ladi.
O'tgan Italiya chempionatida Kopmeyners 34 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Braziliya barcha final bosqichlarida ishtirok etgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Shuningdek, ushbu terma jamoa bosh sovrinni eng ko‘p – 5 marotaba qo‘lga kiritgan.