"Bayer" futbolchisi jamoani tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Pero Inkape shu oyda Xabi Alonso jamoasini tark etishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenberg bergan ma'lumotlarga ko'ra, ekvadorlik futbolchi yanada kuchliroq jamoaga ketmoqchi.
Manbaga ko'ra, ayrim klublar Inkape transferi bo'yicha hozirdanoq muzokaralar olib borishmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan. Yangi jamoada Pero asosiy tarkibda muntazam ravishda maydonga tushishni xohlaydi.
22 yoshli Inkapega avvalroq Angliya Premer-ligasi klublari, jumladan, "Liverpul" ham qiziqish bildirgan. Germaniya Bundesligasining so'nggi mavsumida markaziy himoyachi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
201