London klubi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turgan futbolchisi o'rniga "Chelsi"dan yangi o'yinchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Londonning "Kristal Pelas" klubi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turgan markaziy himoyachisi Mark Gexiga o'rinbosar topdi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, "burgutlar" jamoasi bilan AQShdagi mavsumoldi yig'iniga bormagan "Chelsi"dan Trevo Chalobani sotib olmoqchi.
"Chelsi" rahbariyati avvalroq Chalobaga uning kelajakdagi rejalarining bir qismi emasligini ma'lum qilgandi. Futbolchining o'zi ketishga shoshilmayapti, biroq yaqin orada uning uchun vaziyat o'zgarmasa, Trevo "Kristal Pelas"ga o'tishga rozi bo'ladi.
Qayd etilishicha, “burgutlar” Chaloba uchun taxminan 30 million evro tovon puli to'lashga tayyor.

Bosh sahifaga
199