"Tottenxem" Angliya terma jamoasi hujumchisiga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Londonning "Tottenxem" klubi yangi hujumchi qidirishda davom etmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning fikricha, hujumchi bilan shartnoma imzolash "shporlar" uchun transfer oynasining qolgan qismidagi ustuvor vazifadir.
Manbaning xabar berishicha, "Bornmut"dan Dominik Solanke transferi bo'yicha uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng "Tottenxem" "Brentford" hujumchisi Ayvan Touniga variantiga o'tdi.
Avvalroq "Brentford" 28 yoshli Tounini 30-40 million evro miqdorida qo'yib yuborishga tayyor ekanligi xabar qilingandi. Ayvan o'tgan mavsumning birinchi yarmini diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yubordi.

Bosh sahifaga
200