"Jenoa" futbolchisi "Atalanta"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Mateo Retegi "Atalanta"ga o'tadi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, forvard "Jenoa"dan 22 million evro va yana 3 million bonusga sotib olinadi. Kelishuv to'liq kelishib olindi va Italiya terma jamoasi futbolchisi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Insayder Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi, maoshi yiliga 2 million bo'ladi.
Retegi o'tgan mavsumda A Seriyada 29 o'yinda 7 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
197