"Ayaks" futbolchisi APLga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Stiven Bergveyn Premer-ligaga qaytishi mumkin.
"Lester" "Ayaks" bilan 26 yoshli vingerning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda va taxminan 20 million evro taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi De Telegraaf nashri. Amsterdamliklar kattaroq summaga umid qilishmoqda.
Qayd etilishicha, Niderlandiya klubi "Atlanta"ning 15 million evrolik taklifini allaqachon rad etgan. Bergvayn MLS jamoasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin edi, ammo uning Amerikaga ko'chib o'tishni xohlayotgani hozircha noma'lum.
Niderlandiya chempionatining so'nggi mavsumida Stiven 24 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
197