"Manchester Siti"ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares "Atletiko Madrid"ga o'tdi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumchi bugungi muzokaralar natijasida madridliklarning besh yillik shartnoma imzolash taklifini qabul qilgan.
"Manchester Siti" 14 million funtga sotib olingan argentinalik hujumchining transferidan 75 million evro ishlab oladi, yana 20 millioni esa bonuslar ko'rinishida taqdim etiladi. Bu "shaharliklar" uchun rekord miqdor.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Qora o‘rgimchak" laqabli buyuk darvozabon Lev Yashin faoliyati davomida 150tadan ortiq 11 metrli jarima zarbasi yo‘nalishini topgan.