"Bavariya" o'z futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Bavariya" nafaqat Kingsli Komanni sotishga, balki uni ijaraga berishga ham tayyor.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, vinger bilan xayrlashish natijasida 50-60 million evro ishlab olishni kutgan myunxenliklar endi uni sotib olish huquqi bilan ijaraga berishlari mumkinligini tan oladi.
Frantsiyalik futbolchiga "PSJ" hamon qiziqish bildirmoqda. Parijliklar muzokara olib borishmoqda va uni ijaraga olish imkoniyati bo'yicha so'rov tayyorlashmoqda.
O'tgan mavsumda Koman Bundesligada 17ta o'yin o'tkazib, 3ta gol urgan.

Bosh sahifaga
249