"Atletiko" "Chelsi" futbolchisi uchun qancha mablag' to'lamoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmog'ida "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxerning "Atletiko Madrid"ga transferi miqdorini e'lon qildi.
Romanoning so'zlariga ko'ra, "matraschilar" angliyalik futbolchi uchun 43 million evro to'laydilar. Yarim himoyachining yangi klubi bilan shartnomasi esa yaqin besh yil davomida amal qiladi.
Avvalroq Gallagerning yangi jamoaga o'tishida "Atletiko"ning uzoq yillik bosh murabbiyi Diego Simeone muhim rol o'ynagani haqida xabar berilgan edi. Simeonening o'zi Gallaxerga o'z jamoasining markaziy figurasi sifatida ishonmoqda.
Gallaxer 24 yoshda, Londonning “Chelsi” klubi tarbiyalanuvchisi. 2021 yildan beri yarim himoyachi Angliya terma jamoasiga chaqirilgan.

Bosh sahifaga
250