Rasman! "Atalanta" futbolchisi Frantsiya chempionatiga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Italiyaning "Atalanta" klubi yarim himoyachisi Xans Xatebur Rennga ko'chib o'tdi.
Frantsuz klubi yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "bergamoliklar" ushbu transferdan 3 million evro ishlab olishgan.
O'tgan mavsumda niderlandiyalik futbolchi A Seriyada 23 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
256