"Milan" "Tottenxem"ga Royal bo'yicha yaxshilangan taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Milan" Emerson Royal uchun "Tottenxem"ga yaxshilangan taklif bilan chiqdi.
London klubi avvalroq braziliyalik himoyachini 10 million evroga sotishdan bosh tortgandi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Milan"ning yangi taklifi bonuslar qo'shilgan holda 15 million evro. "Tottenxem" bilan muzokaralar yakuniy bosqichda - kelishuv yaqin kunlarda yopilishi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, Emersonning "Milan" bilan shaxsiy shartnomasi allaqachon kelishib olindi.

Bosh sahifaga
247