"Bolonya" Xorvatiya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Bolonya" "Sassuolo" himoyachisi Martin Erlichning transferini e'lon qildi.
26 yoshli xorvatiyalik himoyachi "Bolonya" futbolchisiga aylandi. Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
TuttoMercatoWeb nashri xabariga ko'ra, transfer summasi taxminan 7 million evroni tashkil qilgan.
O'tgan mavsumda Erlich A Seriyada "Sassuolo" tarkibida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Himoyachi Xorvatiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibidan joy olgan, biroq turnirda maydonga tushmagan.

Bosh sahifaga
224