"Chelsi" o'z futbolchisini Frantsiya klubiga ijaraga berganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santos 2024/2025 yilgi mavsumni ijara asosida Frantsiyaning "Strasburg" klubida o'tkazadi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar berdi.
"20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini frantsuz klubi safida o'tkazdi va bu davrda u 11 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi. U yozgi AQSh gastrolimizni tark etdi va Frantsiya chempionatida "Strasburg" bilan o'z rivojlanishini davom ettiradi. Omad tilaymiz, Andrey!" - deyiladi "Chelsi"ning bayonotida.
Andrey Santos 2023 yil qishki transfer oynasida braziliyalik "Vasko da Gama" klubidan 12,5 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 15 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
234