Xummels Saudiyadan tushgan taklifga rad javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Mats Xummels "Bolonya"ga o'tish yoki o'tmasligi haqida hali bir qarorga kelmagan.
Jurnalist Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, "Borussiya"ning sobiq himoyachisi hali faoliyatini davom ettirish uchun bir qarorga kelmagan va hali ham "Bolonya" taklifi haqida o'ylamoqda. Klub Xummelsga javob berish uchun hech qanday muddat belgilamadi.
Ayni paytda germaniyalik futbolchi Saudiya klublari, shuningdek, Liga 1ning ayrim jamoalari takliflarini rad etishda davom etmoqda. Xummels bir oy oldin ham "Ayaks"ga o'tishdan bosh tortgandi.
Oldinroq "Bolonya" germaniyalik himoyachiga 2 million evro maosh va 1 million evro bonuslar bilan bir yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
233