Alvaresning "Atletiko"dagi ehtimoliy maoshi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Atletiko" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Xulian Alvaresga qanday shartnoma taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi.
Topskills Sports UK nashri xabariga ko'ra, agar transfer amalga oshirilsa, 24 yoshli argentinalik futbolchi yiliga 12-15 million evro ishlab oladi. Manbaga ko'ra, shartnoma besh yilga mo'ljallangan.
Qayd etilishicha, muammo Alvaresni sotishdan taxminan 70-94 million evro ishlab olmoqchi bo'lgan "Manchester Siti"ning moliyaviy talablarining yuqoriligida. Avvalroq, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola argentinalik futbolchining ketishini istisno etmagandi.
O'tgan mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
233