"Roma" o'z tarixida ilk bor bunday transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Roma" hujumchi Artyom Dovbik bilan rasman shartnoma imzoladi.
Rimliklar klub tarixida birinchi marta o'tgan mavsumda top-chempionatning eng yaxshi to'purarini transfer qilishdi. Dovbik 2023/24 yilgi mavsumda La Ligada 36 o'yinda 24 ta gol urib, "Pichichi sovrini"ni qo'lga kiritgandi.
Artyom rimliklar tarixidagi birinchi ukrainalik ham bo'ldi.
Futbolchi 11-raqamli libosda maydonga tushadi. Ma'lum qilinishicha, shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
227