Rasman! Dovbik "Roma" futbolchisi! (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Markaziy hujumchi Artyom Dovbik "Jirona"dan "Roma"ga o'tdi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi. Kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.
Ma'lumki, 27 yoshli forvard 11-raqamli libosda maydonga tushadi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, Dovbikning xaridi "Roma"ga 30,5 million evro va bonuslar sifatida 5,5 million evroga tushgan.
Bundan tashqari, "Jirona" futbolchiga bo'lgan huquqlarning 10 foizini o'zida saqlab qoldi. O'tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 41ta o'yinda ishtirok etib, 25ta gol urdi va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.
Italiya chempionatining yangi mavsumining birinchi turida "Roma" safarda "Kalyari"ga qarshi bahs olib boradi.
????️ La prima intervista in giallorosso di Artem Dovbyk
Guardala su YouTube!
▶️ https://t.co/UwNBizydQO#ASRoma pic.twitter.com/uwfyBKp672

Bosh sahifaga
234