La Liga klubi o'z futbolchisini Qatar jamoasiga sotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Osasuna" David Garsiyani Qatarning "Ar-Rayan" klubiga 8,75 million evroga sotdi.
30 yoshli himoyachi bilan shartnoma 3 yilga mo'ljallangan. Jami transfer summasi bonuslar bilan birga 10 million evrodan oshishi mumkin.
Qatar klubi 7,5 million, shuningdek, agar bonus shartlari bajarilmasa, Garsiyaning shartnomasi tugagach, yana 500 ming evro to'laydi.
Bundan tashqari, futbolchi transferga 750 ming to'laydi, deya xabar beradi Estella digital nashri.
Garsiya 9 yildan beri "Osasuna" tizimida o'ynab kelayotgandi.

Bosh sahifaga
229