"Atletiko" norvegiyalik hujumchini olib kelish ustida ishlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Madridning "Atletiko" klubi Aleksandr Serlotning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
ESPN nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi "Jirona" hujumchisi Artyom Dovbikning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "Vilyarreal" forvardini qo'lga kiritish bo'yicha ishlarni kuchaytirgan.
Qayd etilishicha, Serlotga Premer-ligada o'ynash istagi borligiga qaramay, Diego Simeone boshchiligida ishlash istiqboli yoqadi. Norvegiyalik futbolchining "Vilyarreal"dagi tovon puli 38 million evroni tashkil qiladi, ammo "Atletiko" kamroq mablag' evaziga transfer bo'yicha muzokara olib borishga umid qilmoqda.
Shuningdek, "Atletiko Madrid" Konor Gallaxer bo'yicha "Chelsi" bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishgani xabar qilingan. Londonliklar yarim himoyachi uchun kamida 40 million evro olishni kutmoqdalar, shuningdek, "Aston Villa" va "Tottenxem" Gallaxerning holatini kuzatishmoqda.

Bosh sahifaga
230