Feliks APL klubiga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishi mumkin.
Topskills Sports UK nashri xabariga ko'ra, "Aston Villa" 24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha deyarli kelishuvga erishgan. Manbaga ko'ra, "Atletiko" Feliksni 40 million evrodan kamiga qo'yib yuborishga tayyor emas. Klublar muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda manba.
Feliks o'tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o'tkazdi. Kataloniya klubi tarkibida u barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
234