"Roma" hujumchisi "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Milan" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "rossonerilar" 26 yoshli hujumchining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Milan"ga kelasi mavsum uchun 3 nafar hujumchi kerak, Abraxam esa klubning transfer ro'yxatidagi ustuvor maqsadlardan biri.
Oldingi mavsumda Temmi A Seriyada atigi 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
215