"Atletiko" e'tiborini boshqa hujumchiga qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

Huquqlari ispaniyalik "Vilyarreal" klubiga tegishli bo'lgan norvegiyalik markaziy hujumchi Aleksandr Sorlot Madrid klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Atletiko Madrid" skandinaviyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es nashri. "Matraschilar" ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikning transferi amalga oshmay qolganidan keyin Sorlotga e'tiborini qaratdi.
La Ligadagi o'tgan mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo'lgan ukrainalik futbolchi "Roma"ga o'tishni afzal ko'rdi. Norvegiyalik hujumchining potentsial transferi madridliklarga 38 million evroga tushadi. Aleksandr "Vilyarreal" safiga 2023 yilda kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda forvard "sariq suvosti kemasi" safida 41 ta o'yinda ishtirok etib, 26 gol va 6 golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
216