"PSJ" Niderlandiya terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"PSJ" yozgi transfer bozorida o'z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
L’Equipe nashri xabar berishicha, Liga 1 giganti PSV futbolchisi Yerdi Sxautenga qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, frantsuzlar uchun ustuvor variant "Benfika" a'zosi Joau Nevesh ekanligi qayd etilgan.
Yerdi Sxauten Niderlandiya terma jamoasi safida shu yil yozgi Evropa chempionatida o'ynadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 27 yoshli futbolchini 28 million evroga baholamoqda. Eslatib o'tamiz, Sxauten 2019-2023 yillarda Italiyaning "Bolonya" klubi sharafini himoya qilgan.

Bosh sahifaga
216