"Barselona" Olmo bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo atrofidagilar bilan muloqotda davom etmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ispaniyalik yarim himoyachining transferi bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda.
"Barselona" bitiruvchisi klubga qaytishga ochiq, ammo buning uchun kataloniyaliklar "Leyptsig" bilan tovon puli miqdorini kelishib olishlari kerak. Oldinroq "Leyptsig" o'z yarim himoyachisi uchun 60 million evro talab qilishi xabar qilingandi.
Xabarlarga ko'ra, "Barselona"ning asosiy maqsadi Niko Uilyams, ammo bu kelishuv amalga oshmasa, ular 26 yoshli Olmoni qo'lga kiritish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi.

Bosh sahifaga
221