"Napoli" "Brayton" futbolchisiga taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Italiyaning “Napoli” klubi o'z safiga Londonning “Chelsi” jamoasi bilan 2021 yilda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan yarim himoyachini qo'shib olmoqchi. Gap hozirda "Brayton"da o'ynayotgan Billi Gilmor haqida ketmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, italyan klubi shotlandiyalik futbolchiga 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Shu bilan birga, "Napoli" tovon miqdorini tezda kelishib olish va shartnomani yopish maqsadida "Brayton" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Gilmor "Brayton"da 2022 yilning yozidan "Chelsi"dan kelib qo'shilganidan beri o'ynab kelmoqda. Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida yarim himoyachi 30 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
216