"MYu" 60 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Real Sosedad"ning tayanch yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchining shartnomasida 60 million evroga sotib olish varianti ko'rsatilgan.
"Qizil iblislar" rahbariyati bu nuqtadan unumli foydalanmoqchi. "Mankunianliklar" Subimendining o'ziga 5 yillik uzoq muddatli mehnat shartnomasini taklif qilishmoqda.
Martin "Real Sosedad"da 2020 yilning sentyabridan buyon o'ynamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
216