"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi "Sevilya"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Avvalroq Angliyaning "Manchester Siti" va "Lester" klublarida o'ynagan nigeriyalik hujumchi Kelechi Ixeanacho "Sevilya"ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishilgan. 27 yoshli forvard Ispaniya jamoasiga erkin agent sifatida qo'shiladi. Futbolchining klub joylashgan joyiga etib kelishi va tibbiy ko'rikdan o'tishi 30-31 iyul kunlariga belgilangan.
Ixeanachoning so'nggi klubi "Lester Siti" edi. Forvard klub safida 232 ta o'yin o'tkazib, 61 ta gol urgan va 34 ta golga assistentlik qilgan. Nigeriya terma jamoasi safida Kelechi 55 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. 2024 yilning 1 iyulidan boshlab futbolchi erkin agent maqomiga ega.

Bosh sahifaga
209