"Yuventus" futbolchisi uchun "Arsenal" ham kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus"ning 26 yoshli vingeri Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" yozda "Yuventus"ni tark etishni o'ylayotgan Keza haqida ma'lumot so'rashgan.
Oldinroq Sport Mediaset Londonning "Tottenxem" klubi Keza transferi uchun 30-35 million evro to'lashga tayyorligini xabar qilgan edi.
O'tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 37 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Umuman olganda, Keza maydonda 2512 daqiqa o'tkazdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
222