"Bayer" Azmunning transferidan qancha mablag' ishlab olayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Bayer"ning texnik direktori Devin Ozek klub hujumchisi Serdar Azmunning BAAning "Shabab Al-Ahli" klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Biz kelishuvdan taxminan 5-6 million evro miqdorida gonorar olamiz", - dedi Ozen.
Qayd etilishicha, futbolchi kelasi haftada jamoa bilan shartnoma imzolaydi, hujjatlar allaqachon tayyor.
O'tgan mavsumda eronlik futbolchi "Roma"da ijara asosida o'ynadi. U barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
224