"Arsenal" va "Liverpul" "Borussiya" futbolchisi uchun kurashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Dortmundning "Borussiya" klubida o'ynayotgan niderlandiyalik vinger Doniell Malen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi uchun Londonning "Arsenal" va "Liverpul" klublari da'vogarlik qilmoqda. "Mersisaydliklar" Malenni Muhammad Salohga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, "kanonirlar" esa niderlandiyalik futbolchini Bukayo Saka bilan raqobatlashtirmoqchi.
Ushbu ikki variant orasida Doniell "Arsenal"ga o'tishni afzal ko'radi. Malenning transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda, uning shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

Bosh sahifaga
219