«Kyoln» Shkiri transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498
“Monpele” yarim himoyachisi Ele Shkiri faoliyatini Bundesligida davom ettiradi.
24 yoshli futbolchi “Keln” bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi. Transferning qolgan detallari esa hozircha noma'lum.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Shkiri Frantsiya chempionatida 37 ta o'yinda maydonga tushib uchta gol va ikkita golga assisentlik qildi.
Ta'kidlab o'tish joiz, “Keln” yana Bundesligaga qaytdi.