"Tottenxem" futbolchisi "Jirona"ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Tottenxem" hujumchisi Brayan Xil "Jirona"ga o'tishga yaqin turibdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Kataloniya klubi 23 yoshli futbolchi bilan allaqachon muzokara olib borgan va u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi “Jirona” “Tottenxem” bilan kelishib olishi kerak.
Xil o'z vatani Ispaniyada "Sevilya", "Leganes", "Eybar" va "Valensiya" klublarida o'ynagan. O'tgan mavsumda Brayan "Tottenxem" safida 12 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
214