"Bavariya" "Bayer"ga ikkinchi taklifni yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Bavariya" himoyachi Jonatan Ta uchun "Bayer"ga ikkinchi taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Kicker nashri.
Manbaga ko'ra, myunxenliklar klubi 28 yoshli germaniyalik futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, 5 million evro bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.
Futbolchining Leverkuzen bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan va u "Bavariya"ga o'tish umidida shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
2023/24 yilgi mavsumda Ta barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
214