Grizmanning keyingi jamoasi nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Hujumchi Antuan Grizmann yaqin kelajakda “Atletiko”ni tark etib, boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
L’Equipe nashri xabar berishicha, MLSning "Los-Anjeles" klubi frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, agar kelishuv amalga oshsa, Grizmann MLSning "Inter Mayami" klubi yulduzi Lionel Messidan keyin eng ko'p maosh oluvchi ikkinchi futbolchiga aylanadi.
Antuan Grizmanning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari 33 yoshli frantsiyalik futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
213