Rasman! "Chelsi" futbolchisi Xusanovning jamoadoshiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Londonning "Chelsi" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan markaziy himoyachi Malang Sarr faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi.
25 yoshli futbolchi "Lans"ga ko'chib o'tdi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Himoyachi frantsuzlar bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Eslatib o'tamiz, Malang “Chelsi” safida 21 ta o'yin o'tkazib, gol urmagan.
Ilgari u "Nitstsa", "Portu" va "Monako" kabi klublarda o'ynagan holda o'zini ko'rsatgan. Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumida "Lans" 34 o'yinda 51 ochko jamg'ardi. Jamoa Liga 1 turnir jadvalida ettinchi o'rinni egalladi.

Bosh sahifaga
216