"Yuventus" futbolchisi Londonga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Keza ushbu transfer oynasida Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, italiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Manba bergan xabarga ko'ra, ingliz klubi jiddiy niyatlarga ega va shartnomani tezroq yakunlamoqchi.
Kezaning "Yuventus" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan, shu bois "keksa sinora" italiyalik futbolchini chegirmaga sotishga majbur. Oldinroq Kezaga "Liverpul" ham qiziqish bildirayotgandi, biroq "qizillar" italiyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishlarini so'ndirishdi. 26 yoshli Federiko so'nggi A Seriyada 9 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
220