"Bavariya" de Ligt borasidagi talablarini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Yunayted"ga markaziy himoyachi Matteys de Ligtning transferi bo'yicha talablarni bildirdi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "qizil mashina" niderlandiyalik futbolchi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" bu summani darhol to'lashga tayyor emas.
"Mankunianliklar" "Bavariya" bilan murosa topish uchun shartnomaga bonuslarni kiritishga umid qilmoqda. De Ligtning o'zi esa, "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi va klublar transfer bo'yicha kelishib olishlarini kutmoqda.

Bosh sahifaga
255